Barcha avtohavoskorlar
uchun zarur bo'lgan
Yagona ilova
Jarimalarni
nazorat qilish
Huquqbuzarliklar bilan ishlash vositalari
Qulay
avtorizatsiya
ONE ID bilan tez va xavfsiz kirish
Elektron
ma'lumotnoma
Kodeks moddalari, YHQ kitobi va tashkilotlarning manzillari
Sug'urta, tonirovka, texnik ko'rik va ishonchnoma
Muddatlarning tugashi va uzaytirilishi to'g'risida bildirishnomalar
01
Jarimalarni nazorat qilish
Jarimalarni oson boshqaring
- YHQ buzilgan holatda
jarima to'g'risida bildirishnomalar - Jarimani belgilangan muddatda
50%, 30% chegirma bilan to'lash - Jarimalarni muddatli to'lov asosida to'lash
- Jarima yuzasidan shikoyat qilish
- Fotosuratlar, videolar va huquqbuzarlik
joylarini ko'rish - Jarimani qo'shimcha
to'lovlarsiz to'lash




02
Qulay avtorizatsiya
Barcha avtohavoskorlar uchun zarur bo'lgan Yagona ilova
- ONE ID yordamida qulay
va xavfsiz tizimga kirish (tez orada) - Noto'g'ri avtorizatsiya qilingan holatda,
kirishni tiklash uchun so'rov
yuborish imkoniyati - Telefon raqamini o'zgartirish imkoniyati
- Xavfsizlikni oshirish maqsadida,
muvaffaqiyatsiz kirish urinishlari haqida bildirishnomalar

03
Elektron ma'lumotnoma
Qoidalar va moddalar haqida ma'lumotlar - qo'l ostingizda!
- Ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi transport vositalariga tegishli bo'lgan kodeks moddalari
- Yo'l harakati qoidalarining elektron
kitobi (tez orada) - Texnik ko'rikdan o'tkazish uchun
xususiy tashkilotlarning aloqa ma'lumotlari (tez orada) - Ma'muriy bo'limlar
va sudlarning manzillari (tez orada) - Ma'muriy bo'limlar
va sudlarning manzillari (tez orada)


04
Sug'urta, tonirovka, texnik ko'rik
va ishonchnoma
Muddatlarning tugashi va uzaytirilishi to'g'risida bildirishnomalar
- Amaldagi ruxsat beruvchi hujjatlar to'g'risidagi ma'lumotlarni ko'rish
- Muddati tugaganligi to'g'risida bildirishnomalar
va ishonchnoma, sug'urta
yoki tonirovka muddatini uzaytirish - Texnik ko'rikdan o'tish to'g'risida eslatmalar
va texnik xizmat ko'rsatish punktlarining
eng yaqin manzillari



Qaror hali tasdiqlanmagani tufayli jarimalar ilovaga chiqmasligi mumkin. Fotoradarlar bo‘yicha qarorlar odatda Safe Road ilovasida 2 kun ichida paydo bo‘ladi. Agar bayonnoma sizga yaqinda rasmiylashtirilgan bo‘lsa, jarima 5–15 kun ichida chiqariladi. Savollar qolgan bo‘lsa, Telegramdagi chatimiz orqali mutaxassisimiz bilan bog‘lanishingiz mumkin yoki support@saferoad.uz elektron pochtamizga yozing.
Sizda jarima paydo bo‘lsa, u "Mening avtomobilim" va "To‘lovlar" bo‘limlarida aks etadi. To‘lamoqchi bo‘lgan jarimani bosing. Ekranning pastki qismida "To‘lash" tugmasi bo‘ladi. Bosgandan so‘ng to‘lovning bir nechta variantlarini ko‘rasiz:
"Karta orqali to‘lov". Karta orqali to‘lash uchun ushbu variantni tanlang. To‘lovni amalga oshirmoqchi bo‘lgan kartani qo‘shing yoki ilgari qo‘shilgan kartani tanlang. Keyin "To‘lash" tugmasiga bosing.
"Muddatli to‘lov." Jarimani bo‘lib-bo‘lib to‘lamoqchi bo‘lsangiz, ushbu variantni tanlang va "Muddatli to‘lovga ariza berish" tugmasini bosing. Muddatli to‘lov jarayoni haqida batafsil axborot olish uchun “Qanday qilib muddatli to‘lov rasmiylashtiriladi?” savoliga javob bilan tanishing.
Savollaringiz bo‘lsa, mutaxassisimizga Telegram chat orqali murojaat qilishingiz yoki support@saferoad.uz pochta manziliga yozishingiz mumkin.
To‘lov chekini “To‘lovlar” → “Tarix” bo‘limida topish mumkin. Savollaringiz bo‘lsa, mutaxassisimizga Telegram chat orqali bog‘lanishingiz yoki support@saferoad.uz pochta manziliga yozishingiz mumkin.
To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, jarima 24 soat ichida tizimda yopiladi. Ilovada 24 soatdan keyin ham jarima to‘lanmagan deb ko‘rsatilsa, iltimos, Telegram chat orqali mutaxassisimiz bilan bog‘laning yoki support@saferoad.uz pochta manziliga yozing.
Agar texpasport va DYN kombinatsiyasi bazada topilmasa, quyidagi amallarni bajaring:
1. Texpasport seriyasi va raqamini to‘g‘ri kiritganingizga ishonch hosil qiling. Faqat lotin harflaridan foydalaning.
2. Quyidagi holatlarda ma’lumotlar o‘zgargan bo‘lishi mumkin:
Texpasport qayta rasmiylashtirilgan (masalan, TSh qayta jihozlangach yoki egasi almashtirilgach);
Texpasport yo‘qolgan, va egasiga yangi seriya/raqam bilan yangi hujjat berilgan.
Agar barcha ma’lumotlar to‘g‘ri kiritilgan bo‘lsa, lekin xatolik saqlanib qolsa, texpasport suratini bizga yuboring Barchasi to‘g‘ri kiritilgan bo‘lsa-da, xatolik yo‘qolmasa, Telegram dagi chat orqali mutaxassisimizga texnikaviy pasportning fotosuratini yuboring yoki support@saferoad.uz pochtasiga yozing.
Safe Road ilovasida texnik ko‘rik ma’lumotlari Davlat Yo‘l harakati xavfsizligi inspekiyasining “Texnikaviy ko‘rik” ma’lumotlar bazasidan kelib tushadi. Texnikaviy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lsangiz, ammo bu to‘g‘ridagi axborot onlayn ma’lumotlar bazasida yangilanmagan yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda texnik ko‘rikdan o‘tgan tashkilotga murojaat qilishingiz lozim. Yangi avtomobillar uchun Davlat Yo‘l harakati xavfsizligi inspekiyasida ro‘yxatdan o‘tilganidan so‘ng 2 yil o‘tgach, texnik ko‘rikdan o‘tish lozim.
Savollaringiz bo‘lsa, mutaxassisimizga Telegram chat orqali murojaat qilishingiz yoki support@saferoad.uz manziliga yozishingiz mumkin.
SMS kelmasa, quyidagi amallarni bajaring:
«Spam» papkasini tekshiring.
«Parvoz» rejimini yoqing va o‘chiring.
Telefoningizni qayta yuklang va qaytadan SMS tasdig‘ini so‘rashni urinib ko‘ring.
Muammo hal etilmasa, Telegram orqali biz bilan bog‘laning yoki support@saferoad.uz manziliga yozing.
Jarimani muddatli to‘lash uchun uni “Menig avtomobilim” bo‘limidan tanlang va “To‘lash” tugmasini bosing. “Muddatli to‘lov” to‘lov usulini tanlang va “Muddatli to‘lovni rasmiylashtirish” tugmasini bosing. Kontakt ma’lumotlarini to‘ldiring, kartani qo‘shing va SMS kod bilan tasdiqlang. Pasport ma’lumotlarini va tug‘ilgan sanangizni kiritib, identifikatsiyadan o‘ting, keyin kameraga qarang. Identifikatsiya muvaffaqiyatsiz bo‘lsa, qayta o‘rinib ko‘ring. Muddatli to‘lovga arizangiz ma’qullangandan so‘ng sizdan muddatni tanlashingiz so‘raladi – 3, 6, 9 yoki 12 oy.
Savollaringiz bo‘lsa, Telegram chat yoki support@saferoad.uz orqali biz bilan bog‘laning.